<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Koʻkda Xudo bor</aka>
<title>Agar baxtu omad</title>
<lyrics>[V1]
 Agar baxt va omad nurli yuzin olsa oʻgirib
 Alp yigitlar suyganidan qolsa hamki ayrilib
 Ezilgan yuraklardan ketsa quvonch qayrilib
 Gʻam chekmang azizam koʻkda Xudo bor

[V2]
 Ayni koʻklam chogʻida qalin qorlar yogʻsa ham
 Nuh davrida boʻlgan toʻfon yonimizdan oqsa ham
 Orzularni sarob aylab armon kulib boqsa ham
 Qaygʻurmang azizam koʻkda Xudo bor

[V3]
 Yovuzlar sirtmogʻi boʻyningni qiysa
 Poraxoʻr insonlar joningga tegsa
 Shayton yovuz urugʻin qalblarga eksa
 Shunda ham bilginki koʻkda Xudo bor</lyrics>
</song>